Bo‘stonda ota farzandi uchun 37 million so‘m aliment to‘ladi

Bo‘ston tumanida qarzdor ota farzandi taʼminoti uchun 37 mln. so‘m miqdorida aliment to‘ladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 18.01.2024 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.B.dan undiruvchi X.M.ning foydasiga bir nafar farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirilishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan ijroni taʼminlash maqsadida qarzdor X.B.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.
Qarzdor aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli 37 mln so‘m aliment qarzi yig‘ilib qolgan. Ijro harakatlari davomida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilishi taʼminlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!