Bugun, 1 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolangan “Toshkent shahrining tumanlari hududida “Zamonaviy mahalla” markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini aholiga, xususan, tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish maqsadida brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Brifingda mazkur qaror ijrosi tatbiq etildi. Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ahror G‘ulomov va Toshkent shahar hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Farida Abdurahmonova ishtirok etdi.
Bu qarorga muvofiq, yurtimizda namunali mahallalar sonini yanada oshirish, aholi ehtiyoji uchun barcha kerakli sharoitni ta’minlash, jumladan, mahalla oqsoqoli, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, dispetcherlik shoxobchasi barcha sharoitlari mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar, tungi yoritgich moslamalaridan tashkil topgan mahalla markazi, shuningdek, go‘zallik saloni, savdo shoxobchasi, novvoyxona, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta’mirlash ustaxonasi, kichik hajmdagi kiyim-bosh ta’mirlash atel’esi, kichik va o‘rta biznes faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shoxobchalari tashkil qilinadi.
“Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shoxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaat va loyihalari e’tibor bilan o‘rganilib, ularga er maydonini ajratish bo‘yicha tuman hokimliklari, Savdo sanoat palatasi shahar boshqarmasi, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘limi tomonidan taklif kiritiladi. Ushbu loyihani amalga oshirishni istagan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit beriladi.
“Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasini tashkil etishning eng quvonarli tarafi bu kitubxona tashkil qilinishi bo‘ldi. Amalda faoliyat yuritayotgan “Uvaysiy” mahallasidagi kutubxona mahallada yashovchi 5400 nafar aholining ma’naviy boyligi uchun xizmat qiladi.
Brifingda ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi