Toshkent shahridagi barcha mahallalarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyiha asosida mahalla markazi tashkil etish xohishini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, shahar hokimligida joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan "Toshkent shahrining tumanlari hududida "Zamonaviy mahalla" markazlari namunaviy loyihasini joriy qilish to‘g‘risida"gi qaror imzolangan.
Qarorda ko‘rsatilishicha, mahalla markazlari mahalla oqsoqoli, maslahatchilari, profilaktika inspektori uchun xonalar, qariyalar uchun dam olish xonasi, kutubxona, kommunal to‘lovlarni qabul qilish shaxobchalaridan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu erda barcha sharoitlar mavjud o‘rindiqlar, soyabonlar, bolalar maydonchasi hamda dam olish maydonlari, yengil konstruksiyalardan iborat yoshlar uchun sport inshootlari, kichik arxitektura shakllari va favvoralar tashkil etilib, tungi yoritgich moslamalari bilan jihozlanadi. Mahalla markazida shuningdek, go‘zallik saloni, savdo shaxobchasi, novvoyxona, poyabzal ta’mirlash ustaxonasi, maishiy texnikalar ta’mirlash ustaxonasi, kichik hajmdagi kiyim-bosh ta’mirlash atelesi, kichik va o‘rta biznes (hudud ekologiyasi, jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi va tinchligiga ta’sir etmaydigan) faoliyati uchun, kichik o‘quv va sport markazidan tashkil topgan savdo va maishiy shaxobchalari mavjud bo‘ladi. Mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalar tashkil etish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tuman hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorda qayd etilgan savdo va maishiy shaxobchalar kapital qurilmalarining qurilish ishlari yakunlanganidan hamda foydalanishga qabul qilingandan so‘ng faoliyat turini o‘zgartirmaslik (savdo va maishiy shaxobchalarni qayta ixtisoslashtirmaslik) sharti bilan o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik sub’ektiga mulk huquqi e’tirof etiladi.
Joylarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilgan mahalla markazlariga mulk huquqi e’tirof etilmaydi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi bo‘yicha barpo etilgan mahalla markazlari inshootlari "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlariga beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi. "Zamonaviy mahalla" namunaviy loyihasi asosida tashkil etilgan, mahalla markazi hamda savdo va maishiy shaxobchalarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaat va loyihalari e’tibor bilan o‘rganilib, ularga er maydonini ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga asoslangan taklif kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi