16:21 / 03.04.2017
6 422

Londonda o‘smir qochqinga hujum qilgan to‘qqiz kishi hibsga olindi

Londonda o‘smir qochqinga hujum qilgan to‘qqiz kishi hibsga olindi
Buyuk Britaniya polisiyasi kurd o‘smir qochqinga hujum qilgan to‘qqiz kishini hibsga oldi. Bu haqda "Reuters"ga asoslanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Hujumda umumiy hisobda 20 kishi ishtirok etgan, qolgan shaxslar ayni damda qidirilmoqda.

Hodisa Londonning Kroydon tumanida 1 aprel kuni kechki payt yuz bergan. Kurd o‘smir va uning ikki do‘sti bekatda avtobus kutib turishganda ularning yoniga bir guruh yigitlar kelgan.

«Gumonlanuvchilar jabrlanganlardan ular qayerdan ekanini so‘rashgan hamda u qochqin ekani va boshpana so‘rab murojaat qilganini tushunishgach, unga hujum uyushtirilgan», - deya aytib o‘tgan inspektor Geri Kasl. O‘smir boshi va yuzidan jiddiy jarohatlar oldi.

Ma’lumot uchun, Londonning Kroydon tumani shahardagi eng xavfli joylardan biri sanaladi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu erda so‘nggi besh yil davomida o‘ta og‘ir jinoyatlar soni ko‘payib ketgan: barcha qotilliklarning qariyb 10 foizi va zo‘rlash holatlarining etti foizi aynan shu tumanda sodir etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Londonda o‘smir qochqinga hujum qilgan to‘qqiz kishi hibsga olindi