
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi joriy yilning 11 aprelidan Dushanbega muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK rasmiy saytiga tayanib "Qalampir.uz" ma’lum qilindi.
Oldinroq Dushanbega reyslar kerakli miqdorda yo‘lovchi yig‘ilmagani uchun bekor qilingan edi. Endi muntazam qatnov qayta tiklanmoqda. Reys grafigi (mahalliy vaqtlarda) quyidagicha:
Seshanba: HY717 Toshkent (07:20) – Dushanbe (08:20)
HY718 Dushanbe (09:50) – Toshkent (10:50)
Shanba: HY717 Toshkent (11:10) – Dushanbe (12:10)
HY718 Dushanbe (13:40) – Toshkent (14:40) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing