20:30 / 07.04.2017
6 293

Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirining ikki o‘rinbosarini taqdirladi (video)


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining ikki o‘rinbosarini faxriy nishon bilan taqdirladi. Bu haqda Rossiya TIV Axborot xizmatiga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Sergey Lavrov bugun Toshkentda o‘tkazilgan MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishidan keyin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Abdulaziz Komilovning ikki o‘rinbosari – Anvar Nosirov va Saidikrom Niyozxo‘jaevni Rossiya TIV faxriy nishoni bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov Toshkent shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirining ikki o‘rinbosarini taqdirladi (video)