Moskvaning Basman tuman sudi Sankt-Peterburgda sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilib O‘zbekiston fuqarosi Shohista Karimovani hibsga oldi. Tergovchilar uning uyida granata va portlovchi moddalar topilganini ma’lum qilganlar. “Tintuv vaqtida Karimovaning uyidan F-1 granatasi detonatori bilan va bomba detallari topildi”, deb tergovchilarning sudda bergan bayonotini keltirib o‘tdi «Interfaks» axborot agentligi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Sud majlisida Shohista Karimova teraktni ijro etishda gumon qilingan Akbarjon Jalilov bilan birga bitta kafeda ishlaganini aytib o‘tdi. “Men «Lesnoe” kafesida ishlab shu erning o‘zida yashardim”, degan Karimova.
Shoxista Karimovaning advokati uning jinoyatga xech qanday aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi. “Tintuv vaqtida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu granata va detonator uning uyiga ataylab tashlab qo‘yilgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi”, deb aytib o‘tdi himoyachi. Uning aytishicha, tintuv joyiga tergovchidan oldin tezkor xizmat xodimlari kelishgan. “Men bunaqasini avval eshitmagandim. Granatani ayollar sumkachasidan topishgan emish”, degan advokat. Advokatning ta’kidlashicha, uning mijozi Jalilovni tanimas edi.
Avvalroq Basman sudi Sankt-Peterburgdagi terraktga aloqadorlikda gumon qilingan 8 nafar shaxsdan biri – Tojikiston fuqarosi Sodiq Ortiqovni hibsga olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi