Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkakka 18 yil berildi

Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkakka 18 yil berildi
Qisqacha

Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanida o'z onasini shafqatsizlik bilan o'ldirgan 29 yoshli erkakka sud hukmi o'qildi. Ma'lum bo'lishicha, hodisa kuni ona va o'g'il o'rtasida pul masalasida kelib chiqqan janjal vaqtida ayblanuvchi boltadan foydalangan. Shundan so'ng u jinoyat izlarini yashirish uchun jasadning tanasini tomorqaga, boshini esa hojatxona ortiga ko'mib yuborgan.

Bir necha kishi qorong‘i fonda xira ko‘rinishda turibdi.

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan dahshatli jinoyat yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Onasini shafqatsizlik bilan o‘ldirgan 29 yoshli erkak uzoq muddatga qamaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kuni ona va o‘g‘il o‘rtasida pul masalasi sabab janjal kelib chiqqan. Tortishuv vaqtida ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining bosh qismiga bir necha marta zarba bergan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.

Tergov materiallarida qayd etilishicha, shundan keyin erkak jinoyat izlarini yashirishga uringan. U jasadning tanasini tomorqaning bir qismiga, boshini esa hojatxona ortiga ko‘mib qo‘ygan. So‘ng voqea joyidan qochib ketgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat fosh etildi va gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Dang‘ara tuman sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topildi. Sud unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar