date

Farg‘onada milliardlab so‘mlik dori kontrabandasi fosh etildi

Farg‘onada milliardlab so‘mlik dori kontrabandasi fosh etildi

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirish bilan bog‘liq yirik holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tezkor tadbir Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar organlari hamda DXX chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Tekshiruvlar davomida bir guruh shaxslar tomonidan umumiy qiymati 3,2 milliard so‘m bo‘lgan 30 660 dona Regopen va 925 dona “Tropikamid” dori vositasi O‘zbekistonga yashirin yo‘llar orqali olib kirilgani ma’lum bo‘lgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kontrabanda qilingan dori vositalari Vaziyo mahallasi hududidagi davlat chegarasida o‘rnatilgan sim to‘siqlarni buzish orqali mamlakatga kiritilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur dori vositalari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada milliardlab so‘mlik dori kontrabandasi fosh etildi