
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar va muhokamalardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga Toshkent shahrining ba’zi tumanlarini aylanishi mumkin, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Bir internet foydalanuvchisining yozishicha, “Prezidentimiz kelishi munosabati bilan Chilonzordagi ko‘chalar tozalanib”, chiqindilardan xoli etilmoqda. Ushbu holatni yuzerning o‘zi ijtimoiy tarmoqqa yuklagan surati bilan isbotlagan.
Norasmiy manbalarning xabar berishicha, kecha, 10 aprel kuni Chilonzor tuman hokimligi va bir qator tegishli tashkilotlar mutasaddilari hududni tekshirib, birma-bir ko‘zdan kechirib chiqqan. Aytishlaricha, hatto vertolyotdan ham “reyd” uyushtirilgan.
Shuningdek, ertaga, 12 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini aylanishi rejalashtirilgani haqidagi gap-so‘zlar ham yuribdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar