13:58 / 12.04.2017
6 158

O‘zbekistonda sayyohlar uchun maxsus plastik kartalar chiqariladi

O‘zbekistonda sayyohlar uchun maxsus plastik kartalar chiqariladi
O‘zbekistonda turistlar uchun maxsus plastik karta joriy etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda, deb ma’lum qilgan Sputnik Vazirlar Mahkamasidagi manbaga asosan.

Yangi karta Uzbekistan Pass deb ataladi va xorijlik turistlarga butun respublika ichida tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni chegirma bilan amalga oshirish imkonini beradi.

"Biz turistlarni jalb etish bo‘yicha etakchi davlatlarda mana shunday kartalar muvaffaqiyatli qo‘llanilishi tajribasi bilan tanishib chiqdik. Bu kartalar albatta u yoki bu mamlakatga kelish uchun asosiy omil bo‘lmasa-da, umumiy taassurot shakllanishi va kelgusida turistlarning soni oshishida yordam beradi. Zero bizda yaratilgan qulay sharoitlar ma’qul kelgan turist o‘zining o‘nlab tanishlariga bu haqda aytadi", — degan manba.

Karta turistlarga O‘zbekistonga viza olgan vaqtida berilishi hamda aeroport va mehmonxonalarda sotilishi rejalashtirilmoqda. Mamlakatda bu kartalarni keng joriy etish maqsadida etakchi turistik operatorlari va boshqa manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashuvlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga Tourist Friendly tizimini joriy etish ham mo‘ljallanmoqda. Bu ma’lum bir sifat talablariga javob beradigan muzey, galereya, ovqatlanish shoxobchalari va turistik ob’ektlarning ixtiyoriy sertifikasiyadan o‘tkazilishidir.

Unga ko‘ra, mazkur ob’ektlarda sanitariya talab va me’yorlariga amal qilinishi, etarlicha xavfsizlik ta’minlanishi, xodimlar xorijiy tillarni bilishlari lozim bo‘ladi. Bu erda xizmatlar uchun to‘lovlarni turli xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda sayyohlar uchun maxsus plastik kartalar chiqariladi