23:11 / 12.04.2017
6 277

Nazarboyev: "Yil oxirigacha lotinchadagi qozoq alifbosi ishlab chiqiladi"

Nazarboyev: "Yil oxirigacha lotinchadagi qozoq alifbosi ishlab chiqiladi"
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev lotin tilidagi qozoq alifbosi standartini 2017 yilning oxiriga qadar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda davlat rahbari “Mustaqil Qozog‘iston” gazetasida e’lon qilingan maqolada yozgan, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

"Lotin yozuviga o‘tishda chuqur mantiq bor. Bu zamonaviy texnologiyalar, atrof-muhit va kommunikasiyalar hamda 21 asrdagi ilm-fan va ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq. Farzandlarimiz maktab davridanoq ingliz tili va lotin harflarini o‘rganishadi, shuning uchun yosh avlodga bu qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. 2017 yilning oxiriga qadar olimlar va jamoatchilikdagi muhokamalar yordamida yangi alifboni qabul qilish zarur", - deyiladi Nazarboyevning maqolasida.

Qozog‘iston prezidentining ta’kidlashicha, “2018 yildan boshlab yangi alifbo bo‘yicha ta’lim beruvchi mutaxassislarni tayyorlash va o‘rta maktablar uchun o‘quv darsliklarini ishlab chiqish lozim”. Shu bilan birga, Nazarboyevning ishontishicha, kirill alifbosi ham qo‘llanilishda davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazarboyev: "Yil oxirigacha lotinchadagi qozoq alifbosi ishlab chiqiladi"