19:37 / 13.04.2017
13 914

Pensiya tizimiga yana bitta yangilik kiritildi

Pensiya tizimiga yana bitta yangilik kiritildi
Moliya vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657-2, 2017 yil 4 aprel) bilan "O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Penciya jamg‘armasi tomonidan penciya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Shaxsiy kartochkalar (penciya tayinlash bo‘yicha komissiyaning qarori asosida shaxsga tayinlangan penciya va nafaqa to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilinadigan hujjatlar) endi faqat elektron tarzda yuritiladi va axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, penciya va nafaqalarning bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish endilikda Penciya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.

Pencionerlar va nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga mablag‘lar kirim qilingan sana, penciya va nafaqalar to‘langan sana deb topilishi alohida ta’kidlangan.

Unga mablag‘lar pencionerlar va nafaqa oluvchilar vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda, Penciya jamg‘armasi bo‘limlari ularni vafot etganlarning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiya tizimiga yana bitta yangilik kiritildi