00:21 / 14.04.2017
6 701

Samarqand aeroportida uchuvchisiz uchish qurilmasini olib o‘tishga uringan fuqaro jarimaga tortildi

Samarqand aeroportida uchuvchisiz uchish qurilmasini olib o‘tishga uringan fuqaro jarimaga tortildi
“Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari “Sankt-Peterburg-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaroning qo‘l yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirishga urinishini fosh qilishdi, deb yozmoqda Uz24 nashri.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy ish yuritilib, ashyoviy dalil esa o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yildi. Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudining joriy yil 17 martdagi qaroriga asosan qonunbuzar eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan uchuvchisiz uchish apparati o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida» 2014 yil 26 noyabrdagi 322-qaroriga muvofiq, O‘zbekiston xududiga 2015 yilning 1 yanvaridan uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish ta’qiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand aeroportida uchuvchisiz uchish qurilmasini olib o‘tishga uringan fuqaro jarimaga tortildi