
13 aprel kuni soat 07:50 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Chorvoq suv ombori aylanma yo‘lining 47-kilometrida er ko‘chkisi sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Eni 10-15 m, balandligi 1-1,5 m, uzunligi 10-14 m bo‘lgan ko‘chki yo‘lning o‘ng tomonidan pastlikka ko‘chgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ko‘chki sabab shu vaqtda avtomobil yo‘lida bo‘lgan Damas rusumli mashina pastga qulagan. Oqibatda transport vositasi ichidagi 2 kishi jabrlangan. Ulardan biri Bo‘stonliq tumani Tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumdi.
Ayni vaqtda mazkur yo‘lda tozalash ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar