22:35 / 21.04.2017
9 515

Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)

Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)
Dunyodagi eng og‘ir ayol deb hisoblab kelingan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy o‘z vaznining deyarli yarmini tashlay oldi va uzoq yillardan beri ilk marta o‘tira oldi. Ayolning vazn tashlagandan keyingi ko‘rinishi videosini The Daily Mail nashri namoyish qildi.

"U baxtliroq va qomatliroq ko‘rinmoqda. U nihoyat nogironlar aravachasiga o‘tira oldi va o‘zgalarning yordamisiz o‘tirishni o‘rgandi. Vaholanki, 3 oy avval bu haqda orzu ham qilib bo‘lmasdi", deb aytdilar ayolni davolayotgan shifokorlar.

Ayol Misrdan Hindistondagi shifoxonaga olib kelinganda vazni yarim tonnadan og‘irroq kelgan. 36 yoshli ayol hozir 245 kilogrammdan ko‘proq vazn tashladi va ozishda davom etmoqda.

Ayol ortiqcha vaznni jiddiy kasalliklar sababli orttirib olgan. U bolaligidan fil kasalligi va bezlarning yaxshi ishlamasligidan aziyat chekib kelgan. Bundan tashqari, u insultni boshdan kechirgan va 25 yoshida yotib qolgan.

2017 yil fevralda ayolga mumbaylik shifokor Muffazal Lakdavala yordam berishga tayyorligini bildirgan. Imon Mumbayga maxsus jihozlangan samolyotda keltirilgan. Mart oyida unda oshqozonni dastlabki o‘lchamidan 15 foizga kichraytirish bo‘yicha operasiya o‘tkazilgan va bir qism yog‘ olib tashlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)