date

Kuryerni urgan prankerlar hazili o‘zlariga qimmat tushdi

Ikki yigit ko‘chada bir-biri bilan kurashmoqda.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kuryer yigitga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan video keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv o‘tkazdi.

Toshkent viloyati IIBB ma’lum qilishicha, videodagi holat aslida avvaldan tanish bo‘lgan ikki shaxs tomonidan “prank” sifatida sahnalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan shaxs sherigi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqda obunachilar sonini oshirish maqsadida ushbu videoni tasvirga olgan. Keyin esa rolik Instagram sahifasiga joylangan.

Prank muallifi keyinchalik tarqalgan murojaatida vaziyat bu darajada jiddiy tus olishini kutmaganini aytgan.

“Bunaqa jiddiylashib ketishini bilmadik. Qilgan ishlarimizdan afsusdamiz”, — degan u.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga oid moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kuryerni urgan prankerlar hazili o‘zlariga qimmat tushdi