Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Ostona hokimi Aset Isekeshevga poytaxt markazidagi haroba uylarga ishora qilgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAVlari bergan xabarga iqtibos keltirgan holda dia.uz.
Nazarboyev poytaxt hokimiga eski uylar aks etgan suratlarni ko‘rsatgan.
"Poytaxtimiz markazi qanday ko‘rinishdaligini ko‘rib qo‘ying. Qara. Ana u yoqda bizning mashhur opera teatrimiz, ko‘ryapsanmi? Boshqa joylar ham bor, shahar markazida. (…) Biz nima haqda gapiryapmiz? Sayyohlar o‘sha joylarga boradilar, suratga olib, butun dunyoga ko‘rsatadilar. Yuzini yuvib qo‘yganmizu, keti esa teshik, qara", — degan Nazarboyev.
"Kelinglar, chuqurroq ishlaylik. Agar shunga zarurat bo‘lsa, buning uchun maxsus mablag‘ ajratib, aynan hozirning o‘zida tartibga keltirish kerak. EXPO bahonasida "tozalanib" olish imkoniyati bor. Agar u bu erda uylar qursa, unga arzonga tushadi. Kommunikasiyalar, issiqlik ta’minoti, hamma sharoit muhayyo. Shaharning markaziy tumanlarini g‘arib turar-joylardan ozod etish lozim. Agar buning uchun Parlamentda maxsus qonun qabul qilish kerak bo‘lsa, kelinglar, shunday qilaylik. Chunki bu er poytaxt, bu erda butun mamlakat manfaati mujassam", — qo‘shimcha qilgan Nazarboyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi