Andijondagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 16 iyul kuni Andijon shahridagi xonadonlardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 14:29 da Andijon shahri "Mirpo‘stin" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan xonadonda yong‘in chiqqani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yo‘l olgan.

Mutaxassislar soat 14:38 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida qurshab olgan. Yong‘in soat 14:45 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 15 kvadrat metr maydondagi naves qismi yonib zararlangan. Shu bilan birga, qutqaruvchilarning tezkor harakati tufayli uy-joyning 300 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar