
Toshkentda 16 yoshli o‘smir bola bilan mudhish hodisa ro‘y berdi.
Joriy yilning aprel oyi boshlarida maxsus maktab o‘quvchisi bo‘lgan 2001 yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zini osish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilgan deb yozadi Darakchi nashri.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan matbuot brifingida o‘smirning ruhiy nuqsoni borligi, u bilan ruhshunoslar ishlagani va unda autizmga moyillik bo‘lganligini ma’lum qilishdi. Bolani mazkur ishni qilishga majbur qilgan sabab hali to‘liq o‘rganilmagan.
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda poytaxtda 15 nafar o‘smirning joniga qasd qilish holati kuzatilgan, shu yil boshidan esa 2 holat aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar