14:57 / 25.04.2017
8 249

Er-xotin firibgarlar qo‘lga olindi

Er-xotin firibgarlar qo‘lga olindi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xaticha MFYda yashovchi Obloyeva Zebiniso Nurulloyevna va uning turmush o‘rtog‘i Islomov Farhod Isomiddinovichlar sodda va ishonuvchan fuqarolarimizni aldab, ularning ishonchiga kirib firibgarlik jinoyatlarini sodir etishni o‘zlari uchun kasb qilib olganlardan deb yozadi Kun nashri.

Er-xotin o‘zaro jinoiy til biriktirib, Navoiy viloyatida yashovchi Rajabova Gulsara Ramazonovnaning ishonchiga kirib, bojxona tomonidan musodara qilinib, avtosalonga topshirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinani arzon narxda olib kelib berishni va’da qilgan holda 8.750.000 so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar. «O‘rtangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas» deganlaridek, o‘zining qing‘ir qilmishlaridan «ilhomlangan» bu firibgarlar o‘zining g‘araz faoliyatini davom ettirib, G‘ijduvon tumanida yashovchi ko‘plab fuqarolar, jumladan, Narzulloyev Davron Dilmurodovichga Vobkent tumanidagi “Saripul” avtosalonidan “Malibu” rusumli avtomashina olib berishini va’da qilgan holda undan 2000 AQSh dollari, Ismoilov Islom Isroilovichga xuddi shu avtosalondan “Lasetti” rusumli avtomashina olib berishni va’da qilgan holda 5000 AQSh dollari, bundan tashqari, Rahmatov Laziz Qudratovichning ham ishonchiga kirib, bojxonadan musodara qilingan televizorlarini arzon narxlarda olib berishini va’da qilgan holda 36.500.000 so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Xalqimizda “O‘ylamay qilingan ish, boshga keltirar tashvish” degan gaplar behuda aytilmagan. Aynan shu iboralar siz guvohi bo‘layotgan salbiy holatlarga sharoit yaratib bergan, mug‘ombirlarning nayranglariga aldanib qolgan fuqarolarimiz uchun aytilgan, desak xato bo‘lmaydi.

Taassufki, fuqarolarimiz orasida birovni aldash, ishontirish orqali uning mol-mulkini qo‘lga kiritish, “ishga joylashtiraman, o‘qishga kiritib qo‘yaman, mashina yoki uy sotib olishingizda ko‘maklashaman, chet elga ishga yuboraman” kabi va’dalar berib, ishonuvchan va sodda odamlarimizning qulog‘iga bir zumda “lag‘mon ilib”, ularning jabrlanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan firibgar kimsalar safi kengaymoqda.

Albatta, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik, jinoyat uchun esa jazo muqarrar. Xulosa chiqarmoq esa, har kimning o‘z vijdoniga havola.

Ammo, shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, aksariyat hollarda firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishda ishonuvchan, soddadil fuqarolarimizning o‘zlari sababchi emasmi? Ko‘r-ko‘rona, mo‘maygina daromad ilinjida quruq va’dalar ortidan ergashish, etti yot begona kishiga bir zumda ishonib, bor-bisotini qo‘sh-qo‘llab topshirish, keyin esa, boshni changallab afsus-nadomatlar bilan uning ortidan yalangoyoq bo‘lib yugurish... Bu aslida nodonlik emasmi?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er-xotin firibgarlar qo‘lga olindi