
Xitoydagi Dalian TV telekanali boshlovchisi jonli efir vaqtida chaqmoq zarbasiga yo‘liqdi deb ma’lum qiladi Kun nashri.
Hodisa Lu Syaodun ko‘chada turib ob-havo haqida ma’lumot berayotgan vaqtda ro‘y bergan. Shu vaqtda shaharda momaqaldiroq boshlangan.
Jenmin jibao gazetasining Youtube portalidagi kanaliga joylashtirilgan videoda ko‘rish mumkinki, efir vaqtida yorqin chaqnash ro‘y beradi, shu vaqtda boshlovchi qattiq qichqiradi va zontigini tashlab yuboradi. Chaqmoq zarbasi aynan zontikka urilgandi.
"Mening qo‘lim qaqshadi, qo‘limni tok urgandek bo‘ldi", — deya uning so‘zlarini keltirgan South China Morning Post. Uchqun juda kuchsiz bo‘lgani aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar