Eldor Shomurodov: "Jahon chempionatida o‘ynash eng katta orzuim edi"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Nima gap?" ko‘rsatuvida futbolchilik faoliyatidagi eng katta orzularidan biri haqida samimiy fikr bildirdi.
Shomurodovning aytishicha, u hech qachon Jahon chempionatida terma jamoa sardori sifatida maydonga tushishini tasavvur qilmagan. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etish uning eng katta orzusi bo‘lgan.
"Jahon chempionatida kapitan bo‘lib qatnashaman, degan xayol bo‘lmagan. Lekin Jahon chempionatida o‘ynash juda katta orzuim edi. Bu haqda ko‘p tasavvur qilardim. Doim O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqishi kerak, omad kelib, shu davr menga nasib qilsa, deb o‘ylardim. Xudoga shukur, bu orzu ushaldi. Jahon chempionatida terma jamoa sardori sifatida qatnashganim men uchun juda katta yutuq", — dedi Eldor Shomurodov.
Futbolchining ushbu samimiy so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda. Ko‘pchilik sardorning orzusi ushalganidan quvonayotganini bildirdi.






























Izohlar 0
…