Lola Karimovaning Evropadagi ishlari

Lola Karimovaning g‘arbdagi ishlari. G‘arb, aniqrog‘i Fransiya va Lola Karimovani nima bog‘lab turadi? Bu haqida Lola Karimova o‘z feysbukdagi sahifasida izoh qoldirdi.
Uning yozishicha bu go‘zal yurtda ”Sen Yolg’iz Emassan” fondi tomonidan jajji vatandoshlarimiz jarrohlik operatsiya muolajalari o‘tamoqdalar.
"Nant, Fransiya. Bo‘ go‘zal shaharni “Sen Yolg’iz Emassan” fondimiz bilan ezgulik rishtalari bog‘laydi. Hozirda Nant shahridagi klinikalardan birida bizning jajji vatandoshlarimiz operatsiyadan so‘nggi muolaja jarayonini o‘tmoqdalar. Qoraqalpog‘istonlik 8 oylik Berdaxov Umidjonga va xorazmlik 9 yoshli Abdullaev Alibekka o‘tgan oyning so‘ngida bu yerda murakkab yurak operasiyalari bajarilgan edi.
Mazkur aksiya “Sen Yolg’iz Emassan” Fondimizning “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan birgalikdagi tug‘ma yurak nuqsoni bilan xastalangan bolalarga tibbiy yordam berish maqsadida yettinchi marotaba amalga oshirilayotgan aksiyasidir.
Fursatdan foydalanib, Nant Pediatriya klinikasiga, shaxsan professor Olivye Baron hamda uning hamkasblari anesteziolog Arian de Vindt, reanimatolog Jan Mishel Liet, kardiolog Nadir Benbrik, perfuziolog Lui Merin va reanimatsion hamshira Lorens Domitellarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.
“Sen Yolg’iz Emassan” Fondining “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan hamkorligi doirasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola va kam ta’minlangan oila farzandlariga, jami 37 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi. "- deb yozadi Lola Karimova Tillaeva.

Izohlar 0
…