Navoiyda dahshatli YTH: Tico haydovchisi halok bo‘ldi

Navoiyda dahshatli YTH: Tico haydovchisi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatining Nurota tumanida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi bir inson umriga zomin bo‘ldi. Tico va Sinotruk rusumli yuk avtomobili ishtirokidagi to‘qnashuv oqibatida yengil mashina haydovchisi vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, fojia 3 iyun kuni ertalab soat 08:30 atrofida “Tinchlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-191 Qizilqum halqa avtomobil yo‘lining 86-kilometrida ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tico boshqaruvida bo‘lgan haydovchi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy qatnov qismiga chiqish vaqtida harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan va asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Sinotruk yuk mashinasiga yo‘l bermagan. Natijada ikki transport vositasi o‘rtasida kuchli to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur YTHdan so‘ng mahalla aholisi ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama etildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga oid takliflar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar