MIB: Xovosda ota 100 million so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor K.Sh.dan undiruvchi K.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan. Keyinchalik qarzdor ishlash maqsadida xorijga chiqish istagini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam so‘radi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro hujjati bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, aliment to‘lovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda oldindan to‘lash imkoniyati tushuntirildi.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida taraflar o‘zaro kelishuvga erishib, qarzdor ota undiruvchiga 100 million so‘m aliment mablag‘ini oldindan to‘lab berdi.
Shundan so‘ng undiruvchi ona ijro hujjatini o‘z xohishiga ko‘ra qaytarib olgani munosabati bilan qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan chetga chiqish huquqini cheklash chorasi bekor qilindi.































Izohlar 0
…