Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 86a, hafta davomida 25ta holat aniqlandi. Toshkent shahriga kirib kelish postlarda yil boshidan 62 ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari aniqlandi. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda shu haqda ma’lum qilindi.
Xususan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyida keyinchalik sotish maqsadida 10 tup marixuana o‘simligini o‘stirgani aniqlandi.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ularning yonidan 2,92 gramm marixuana musodara qilingan. Bundan tashqari, ushlanganlardan birining uyida 10 tup giyohvand o‘simligi o‘stirilayotgani aniqlangan.
Mazkur ish bo‘yicha JKning 276-moddasi 1-qismi (Giyohvand moddalarni sotish maqsadidan tashqari tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish) va 273-moddasi 5-qismi (Giyohvand moddalar yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadida tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi