Toshkent shahrining Yunusobod va Shayhontoxur tumanidagi ikkita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarlari ishga joylashtirishni “biznes”ga aylantirishga uringani aniqlandi. Cho‘ntak qappaytirishning oson usuli ularga qimmatga tushdi.
2017 yilning mart oyida o‘talmay qolgan jazosini ish haqidan 30 foizini davlatga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlariga mahkum etilgan olmazorlik fuqaro A. ish izlab Yunusobod tumanidagi “Zulfiya-kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati raisi Asror Ravshanovga murojaat etadi.
A.Ravshanov ishga joylashtirish evaziga 100 AQSh dollari, bundan tashqari, har oyning yakuni bo‘yicha ham cho‘tal berib turishni shart qilib qo‘yadi.
Shayhontoxur tumanidagi “Xadra kommunal to‘lov” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Adolat Abduqodirova esa A.Ravshanovdan ham o‘tib tushadi. A.Abduqodirova undan ish so‘rab kelgan Olmazor tumanida yashovchi fuqaro B. dan ishga joylashtirish evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.
Fuqaro A. va B.ning ichki ishlar idoralariga mazkur holatlar yuzasidan qilgan murojaatlari asosida har ikkala shirkat rahbari ham ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi