Kolyosa.kz saytining yozishicha, yo‘l-transport hodisasi Beyneu — Say-Otes yo‘lining 405 kilometrida sodir bo‘lgan. “Kazavtojol” shirkatiga ko‘ra, yo‘lning ushbu qismi ta’mirlanayotganligi sababli yopib qo‘yilgan, tegishli yo‘l belgilari va to‘siqlar o‘rnatilgan. Barcha transport vositalari shu hududni aylanib o‘tgan. Ammo “Neksiya” haydovchisi taqiqlarga ishonqiramagan shekilli… tavakkalchiligi qimmatga tushdi.
Falokat vaqtida mashinada ikki kishi bo‘lgani xabar qilingan. Shifokorlar birining ahvoli og‘ir ekanini aytishgan.


“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar