Nyuton Fols shahrida yashovchi Deniel Mur va uning turmush o‘rtog‘i Liza milliarder Mark Sukerberg ularning uyiga mehmonga kelishidan 15 daqiqa oldin xabar topishdi. BBC shu haqida hikoya qildi deb yozdi Kun nashri.
Facebook asoschisi xodimlariga respublikachilar foydasiga o‘z fikrini o‘zgartirgan amerikaliklar bilan yaqindan tanishish istagida ekanini aytdi. Shundan so‘ng Sukerbergning ishchilari Murlar oilasini topishdi. Deniel Mur ikki marta Barak Obamaga ovoz bergan, biroq so‘nggi saylovlarda Donald Trampni faol qo‘llab-quvvatlagan.
Sukerberg ohayolik oilaga kelishidan avval ularga kechki ovqatga "90 foiz amerikalikni "o‘z mahsuloti bilan ta’minlovchi" kaliforniyalik juda badavlat filantrop kelishi" haqida xabar berishdi.
Kechki ovqat mahali nafaqat siyosat, balki xayriya mavzusidagi suhbat ham qizidi. Murlar oilasi Ugandadagi bolalar uyiga yordam berib keladi. Sukerberg ularga mablag‘ to‘plashga yordam berishni taklif qildi.
Ushbu tashrifdan keyin Sukerberg o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasiga quyidagicha yozdi: "Hozirgina Ohayodan qaytdim. Den va Liza Murlarga iliq qabul va ajoyib kechki ovqat uchun rahmat!" Uy egasi bunga javoban milliarderga javob yozdi: "Tashrif uchun katta rahmat, Mark. Sen ajoyib insonsan".
Sukerberg shuningdek Ohayoda davolash kurslarini o‘tayotgan giyohvand moddalarga tobe’ kishilar bilan ham ko‘rishdi. Shundan so‘ng u mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bilan tushlik qilish uchun Indianaga yo‘l oldi.
Facebook asoschisi bundan avval 50 shtatning barchasi bo‘ylab sayohat qilish niyati haqida gapirgan edi. Shundan keyin ba’zilarda Sukerberg siyosat bilan shug‘ullanmoqchi, degan taxminlar paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi