Namangan bozorida belkuraklar bilan janjallashgan 6 kishi ushlandi (video)

Namangan viloyati Norin tumanidagi “Haqqulobod dehqon bozori” oldida janjallashgan 6 nafar erkakning barchasi qo‘lga olindi. Voqea 30 iyul kuni soat 15:30 atrofida sodir bo‘lib, ishtirokchilar bir-biriga qo‘l va belkurak bilan zarba bergan. Janjal oqibatida ayrim fuqarolar tan jarohatlari olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 1 avgust kuni holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea sabablari va tafsilotlarini aniqlash uchun tergov harakatlari boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi “Haqqulobod dehqon bozori” oldida yuz bergan janjal aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30 iyul kuni soat 15:30 atrofida sodir bo‘lgan. Unda 6 nafar erkak o‘rtasida janjal kelib chiqib, ular bir-biriga qo‘l va belkurak bilan zarba bergan. Oqibatda ishtirokchilarning ayrimlari turli darajada tan jarohatlari olgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar davomida janjalda qatnashgan barcha shaxslarning kimligi aniqlangan. Jarohat olgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yuborilgan.
1 avgust kuni mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarning barchasi qo‘lga olingan. Hozirda voqeaning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan yakuniy xulosalar tergov natijalariga ko‘ra berilishini ma’lum qilgan.






























Izohlar 0
…