21:06 / 04.05.2017
17 504

Sakkiz nafar bolani so‘yib o‘ldirgan ayol jazodan ozod qilindi

Sakkiz nafar bolani so‘yib o‘ldirgan ayol jazodan ozod qilindi
Avstraliyaning Kvinslend shtatining sudi 8 nafar bolani o‘ldirgan 40 yoshli Rayn Taydey ismli ayolni ruhiy kasal deb tan oldi va jazoga tortilishdan ozod qildi.

Psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol shizofreniyaning og‘ir turidan aziyat chekadi. Shifokorlarning aniqlashlaricha, Taydeyning ruhiy ahvoli ommaviy o‘ldirishni boshlashidan avval birdan yomonlashgan.

“U qushlarning ovozini eshitishni boshlagan. Bu ovozlar bolalarni qutqarish uchun ularni o‘ldirish kerakligini uqtirishgan”, deydi sud psixiatri Jeyn Fillips.

Uning hamkasbi, doktor Frank Vargezning qo‘shimcha qilishicha, qotil ayolda “apokaliptik alahlash holati” kuzatilgan. “Bu kamdan-kam uchraydigan, dahshatli holdir, bu kabi hodisalarga avval umuman duch kelmaganman”, qo‘shimcha qildi u.

Ayol Brisbenda joylashgan ruhiy kasallar shifoxonasiga joylashtirilgan.

2014 yilning dekabr oyida Taydey o‘zining 4 o‘g‘li, 3 qizi hamda jiyanini so‘yib o‘ldirgan. O‘lgan bolalarning yoshi 2 dan 14 yoshgacha bo‘lgan. Qotillik sodir bo‘lgan uy buzib tashlandi va o‘rniga bog‘ yaratildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sakkiz nafar bolani so‘yib o‘ldirgan ayol jazodan ozod qilindi