
Kosonlik G‘aybulla Beknazarov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) “Moskva-Qarshi” yo‘nalishidagi parvozini yakunlar ekan, “Qarshi” xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan unga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ushbu jarayonda ushbu shaxsga tegishli 2 dona qo‘l telefonlari xotirasida 141 dona pornografik mazmundagi audio va videomateriallar, 100 dan ziyod fotosuratlar borligi aniqlandi. Eng achinarlisi, aniqlangan behayo materiallar ichida voyaga etmagan bolakaylar tasvirlangan vediolavhalar ham bor edi, deya xabar berdi Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati
Shuningdek, ayni shu reys bilan yurtimizga kirib kelgan uning tumandoshi Ozod To‘ychievning ham yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, qo‘l telefoni xotirasidan mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan hamda yuqoridagi singari voyaga etmagan shaxslar tavsiflangan 79 dona pornografik mazmundagi videolavhalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur qonunbuzarlik holatlari yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 130-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar