16:10 / 06.05.2017
11 148

Farg‘onada yirik o‘g‘irlik fosh etildi

Farg‘onada yirik o‘g‘irlik fosh etildi
Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro Soliev 2017 yil 24 aprel kuni Bag‘dod tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

U o‘z murojaatida o‘sha kuni soat taxminan 11-30da noma’lum shaxslar xonadonidan unga tegishli bo‘lgan jami 11 mln 600 ming so‘mlik tilla buyumlarini, 303 AQSh dollari, 80 Rossiya rubli xamda 425 ming so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Sheraliev sodir etganligi aniqlandi.

Surishtiruv harakatlari davomida jabrlanuvchi Solievga tegishli jami 11 mln 600 ming so‘mlik tilla buyumlari, 303 AQSh dollari va 80 Rossiya rubli qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Bog‘dod tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yirik o‘g‘irlik fosh etildi