11:32 / 07.05.2017
7 190

Indoneziyada 2 yil davomida yog‘och qutida saqlangan orangutan ozod qilindi

Indoneziyada 2 yil davomida yog‘och qutida saqlangan orangutan ozod qilindi
Hayvonlarni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot ko‘ngillilari va o‘rmon departamenti xodimlari Indoneziyada ikki yildan beri yog‘och qutida saqlangan Kotpa laqabli orangutanni qutqardi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan viloyatida yashovchi erkak mazkur orangutanni bundan ikki yil muqaddam sotib olgan. U maymun qo‘shnilarni bezovta qilmasligi uchun uni tor yog‘och katakka qamab qo‘ygan. Egasi Kotapni non, guruch va tez pishuvchi ugra bilan boqqan. Maymunning bunday noqulay sharoitda saqlanayotganini eshitgan amaldorlar erkakning uyiga kelib, maymunni topshirishni talab etishdi, ammo uning egasi bu taklifga darrov rozilik bermadi.

Ko‘ngililardan biri yog‘och katakni buzib, maymunga qo‘l uzatganda u qo‘rqqanidan katakka tiqilgani videoga olindi. Hayvonlarni qutqarish tashkiloti xodimlarining so‘zlariga qaraganda, hozirda to‘rt yoshda bo‘lgan maymun umrining yarmini tutqinlikda o‘tkazgan. Bu yoshdagi orangutanlar hali onasi bilan yashashi, onasi unga ovqat topib eyishni, daraxtlarda uxlashni o‘rgatishi lozim. Maymun reabilitasiyadan keyin, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Indoneziyada 2 yil davomida yog‘och qutida saqlangan orangutan ozod qilindi