Rossiyalik teatr va kino artisti Yuriy Stoyanov hamisha har qanday vaziyatda o‘zbekistonliklarni himoya qiladi, chunki Ikkinchi jahon urushi davrida bir o‘zbek oilasi uning tug‘ishganlariga va ko‘plab ruslarga ularning omon qolishlariga juda katta yordam ko‘rsatgan. Bu haqda Hilol.uz sayti yozmoqda.
“Nemislar Stalingrad ostonasiga yaqinlashganda, mening onam etti yoshda, ukasi esa besh yoshda bo‘lgan. Ular buvisining tarbiyasida bo‘lganlar, negaki ularning onasini oldinroq zavod bilan birga boshqa xavfsiz joyga ko‘chirgandilar. Nemislar ancha yaqinlashib kelishganida, ularni eshelon qilib Toshkentga ko‘chirishdi. Yo‘lda ularga samolyotlar hujum qilgan, dahshatli bombalar yomg‘iri bo‘lgan. Keyinchalik ularni alohida Toshkentga jo‘natishgan. Toshkentga etti yoshli qizaloq, besh yashar bola va ularning buvisi alohida-alohida etib kelishgan. Toshkentda yosh bolalar suratlari, ularning tavsifi yopishtirib qo‘yilgan devorlar va to‘siqlar bo‘lgan. Ushbu devorlarning yonida har kuni odamlar to‘plangan. Bu er odamlar bir-birini topishi mumkin bo‘lgan yagona imkoniyat edi. Shunday qilib, devordagi qog‘ozlar va e’lonlar yordamida u erda mening oilam bir-birini topib olgan.
Urush yillarida o‘zbek oilalari ko‘plab etim bolalarni asrab olgan.
Ular, boshqa ko‘chirib keltirilganlar kabi, o‘zbeklar oilasida qo‘nim topdilar. O‘zbeklar ularga uyidagi yakka-yu yolg‘iz karovatini, yostig‘i, ko‘rpasini bergan. Uyida nimasi bo‘lsa, shularning eng yaxshisini taqdim qilgan. O‘zbeklar ruslarni o‘limdan saqlab qolgan. Mening oilam nafaqat tirik qoldi, balki yashab ketdi ham. Urushning oxirigacha ular Toshkentda yashab turishdi. Bu o‘zida chuqur ma’noni jamlagan juda oddiy tarix. O‘shandan beri men onam tayyorlaydigan o‘zbekcha non va palovni juda yaxshi ko‘raman.
Qachon mening oldimda bunday odamlarni gastarbayter desalar, buni hazm qilolmayman, qachon “churka” desalar, basharasiga tushirishim mumkin.” “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»