O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning mangu va yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.
Ketdim… Ketganimni aytmang g‘animga,
Tayyor u tig‘ini sanchmoqqa ortdan.
Bir boqib qo‘yingiz ona zaminga,
Marra sizlarniki, men tushdim otdan.
Ketdim… Ketganimni aytmang osmonga,
Hali kuz yomg‘irni qo‘msamas axir.
Jonga ora kirmas osmonu falak,
Tuproq bir taxir, tuproq bir taxir.
Ketdim… Ketganimni aytmang qushlarga,
Ularning bahorda qaytmoqlari bor.
Men mangu qolaman kirib tushlarga,
Maysa orzularim aytmoqlari bor.
Ketdim…Ketganimni aytmang birovga,
Xalqim bir sodda, xalqim jonkuyar.
Nomarddan qo‘rqmangiz, tik boqing yovga,
Mardlarni ming yillar odamlar suyar.
Ketdim… Ketganimni bilmasin dunyo,
Egamning oldida aytaman kalom.
Ketganim bu olam bilmaydi aslo,
Chunki men tirikman abadiy mudom!..
Ketdim… Ketganimni bilmasin dunyo…
G‘ulomjon Nazarov,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»