16:54 / 11.05.2017
7 265

Kenja o‘g‘lini it tishlab olgani uchun «Titanik»dan qolib ketgan oila — saodatga aylangan kulfat!

Kenja o‘g‘lini it tishlab olgani uchun «Titanik»dan qolib ketgan oila — saodatga aylangan kulfat!
Ancha yillar avval yashagan shotlandiyalik Klark va oilasining bir orzusi bor edi – AQShga sayohat qilish. Buning uchun Klark va xotini tinmay ishlab, pul jamg‘arishardi. Nihoyat etarli mablag‘ yig‘ildi. Klark o‘zi, xotini va to‘qqiz farzandi uchun AQShga ketayotgan yangi laynerga bilet sotib oldi.

Ular bo‘lajak safar zavqi va yangi hayot umidi bilan kuta boshlashdi. Biroq ketishga bir kun qolganda kenja farzandning oyog‘ini it tishlab oldi. Doktor bolaning oyog‘ini tikib, Klarklarning uyi eshigiga sariq qog‘oz yopishtirib qo‘ydi. Bolada quturish kasalligi paydo bo‘lish ehtimoli mavjudligi tufayli xonadon o‘n to‘rt kunga karantinga qo‘yilgandi. Oilaning orzu-umidlari puchga chiqdi! Endi ular AQShga sayohat qila olishmaydi. Klark ularsiz safarga otlangan kemani qirg‘oqdan kuzatib qoldi. Keyin alamidan yig‘lab yubordi va bu baxtsizlikda kenjatoyini aybladi.

Oradan besh kun o‘tib Shotlandiya bo‘ylab dahshatli xabar tarqaldi – qudratli “Titanik” halokatga uchrabdi. “Cho‘kmas kema” deya ta’riflangan “Titanik” o‘zi bilan bag‘ridagi yuzlab odamlarni ham ummon tubiga olib ketgandi. Klarkning oilasi ham o‘sha kemada bo‘lishi kerak edi. Lekin o‘sha, ular baxtsizlik sanagan voqea – kenja o‘g‘ilning oyog‘ini it tishlab olgani tufayli vatanlarida qolishgandi. Klark bu dahshatli xabarni eshitgach, o‘g‘lini bag‘riga bosdi va dedi: “Rahmat, bolajonim”.

“Irfon” taqvimining 2013 yil 1-sonidan olindi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kenja o‘g‘lini it tishlab olgani uchun «Titanik»dan qolib ketgan oila — saodatga aylangan kulfat!