21:51 / 12.05.2017
6 570

Donald Tramp samolyoti portlab ketishi mumkin edi

Donald Tramp samolyoti portlab ketishi mumkin edi
Boing kompaniyasining mexaniklari texnik xizmat o‘tkazayotgan paytda samolyot tizimlaridan biriga shikast etkazilgan.

Texniklarning yo‘l qo‘ygan xatosi AQSh prezidenti Donald Trampga mo‘ljallangan samolyotning yonib ketish, hattoki portlash xavfini tug‘dirdi. VC-25 samolyotiga etkazilgan zarar 4 million dollar deb baholanmoqda, deb yozadi Qalampir.uz.

Tizimdagi buzilishlar joriy yilning aprel oyida Texas shtati San-Antonio shahridagi Boing kompaniyasining korxonasida sodir bo‘ldi. u erda prezident flotining maxsus jihozlangan Boing 747-200V‘dan biriga texnik xizmat ko‘rsatilgan edi.

Mexaniklardan biri rahbariyatga ish vaqtida belgilangan qoidalarning ba’zilariga amal qilinmagani haqida xabar bergandan keyin Federal hukumat tekshiruv ishlarini boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot kislorodli tizimining tekshiruvi chog‘ida mutaxassislar kerakli ravishda tozalanmagan asbob va detallardan foydalanganlar.

Reglament bo‘yicha kislorod bilan aloqada reaksiyaga kirishadigan barcha asbob va komponentlar tozalangan bo‘lishi shart. Mexaniklarning mas’uliyatsizligi prezident samolyotida yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin edi.

Boing kompaniyasi texnik xizmatdagi nosozliklar haqida Amerika HHKga xabar berdi. Natijada kompaniya kislorodli moslamani o‘z hisobidan tozaladi.

Prezident Donald Tramp Boing 747 bazasida ishlab chiqarilgan VC-25 samolyotida parvoz qiladi. Kompaniya o‘tgan yili mamlakat rahbari uchun yangi samolyot ishlab chiqarish bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan edi. Biroq prezident haddan tashqari yuqori narx (4 milliard dollar) sababli Boing bilan shartnomani bekor qilishini aytgan. Shunda korporasiya rahbari Trampga yangi birinchi raqamli bortni arzonroq narxda qurib berishni va’da qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Donald Tramp samolyoti portlab ketishi mumkin edi