Toshkentdagi podstansiyada portlash yuz berdi

Toshkentdagi podstansiyada portlash yuz berdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan elektr podstansiyalaridan birida 8 iyul kuni kechki soatlarda favqulodda hodisa yuz berdi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soat 20:23 da Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiyada elektr shiti yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari va maxsus texnikalar yuborilgan. Olib borilgan dastlabki tekshiruvlar natijasida hodisaga yuqori kuchlanishli elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aniqlangan.

Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat tezkor xizmatlar tomonidan nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar