Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi jazoni ijro etish xizmatlari hamdo‘stlikka a’zo davlatlar hududida sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlar, shuningdek, terrorchilar va ekstremistlarni ta’qib qilishda yordam beradigan umumiy ma’lumotlar bazasini yaratishmoqchi, deb xabar beradi Kun.uz.
Bu qaror Minskda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlarning penitensiar xizmatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida qabul qilingan. «Rossiyskaya gazeta» nashriga yig‘ilish ishtirokchilaridan biri, Rossiya jazoni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari Valeriy Maksimenkoning ma’lum qilishicha, bunday baza yarim yil ichida yaratilishi mumkin.
«Terrorchilar, ekstremistlar va og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlar haqidagi umumiy axborot bazasini yaratish — Kengashning muhim loyihalaridan biri, — dedi Valeriy Maksimenko. — bunday insonlarda ozodlikka chiqqanidan so‘ng mamlakatlarimiz chegarasini qaydsiz va nazoratsiz, erkin kesib o‘tish, o‘zining jinoiy faolyaitini davom ettirish imkoniyati bo‘lmasligi kerak».
Avvalroq MDHga a’zo davlatlarning qamoqxonalar xizmati vakillari umumiy ma’lumotlar bazasiga nafaqat sudlanganlar ism-familiyasi va barmoq izlarini, balki DNK namunasi yoki masalan, jinoyatchini ko‘ziga qarab aniqlash imkonini beradigan qandaydir biometrik axborotni qo‘shishni taklif etishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi