Jizzaxda qarzdor avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha reyd davom etmoqda

Jizzax shahrining markaziy ko'chalarida Byuro hamda viloyati IIB YHXB xodimlari hamkorligida qarzdor avtotransport vositalarini aniqlash bo'yicha navbatdagi reyd tadbirlari o'tkazildi. Maxsus ishchi guruhlar zamonaviy axborot tizimlari va texnik vositalardan foydalangan holda qidiruvda bo'lgan 37 ta avtotransport vositasini aniqladi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish samaradorligini oshirish maqsadida Byuro hamda viloyati IIB YHXB xodimlari hamkorligida qarzdorlarga tegishli avtotransportni aniqlash va qidirishga qaratilgan navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reydlar Jizzax shahrining markaziy ko‘chalarida tashkil etilib, maxsus ishchi guruhlar tomonidan zamonaviy axborot tizimlari va texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan 37 ta avtotransport vositasi aniqlandi. Shuningdek, 21 nafar qarzdor o‘zlariga nisbatan mavjud 93 ta ijro hujjati bo‘yicha 30 million so‘mdan ortiq qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali ixtiyoriy ravishda to‘ladi.
Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmagan 16 ta avtotransport vositasi esa belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bu kabi reyd tadbirlari viloyat hududida muntazam ravishda davom ettiriladi.































Izohlar 0
…