Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in yuz berdi (video)

Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in yuz berdi (video)

Bugun, 12 iyul kuni soat 14:45 da Toshkent markazidagi mashhur «O‘zbekiston» mehmonxonasining 10-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:49 da yetib borib, yong‘inni atigi besh daqiqa ichida, 14:54 da to‘liq bartaraf etgan.

Bildirilishicha, mehmonxonada o‘rnatilgan yong‘inga qarshi avtomatik xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishga tushgani sababli alanga keng tarqalishining oldi olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida mehmonxonaning 10-qavatidagi xodimlar xonasi zararlangan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar