21:01 / 16.05.2017
8 508

Muhokamadagi mavzu: Mirobod tuman hokimi Prezidentning nomi xato yozilgan xatni imzoladi

Muhokamadagi mavzu: Mirobod tuman hokimi Prezidentning nomi xato yozilgan xatni imzoladi
Fuqaro E.A.Pavlovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Virtual qabulxonasiga yo‘llagan shikoyat arizasini ko‘rib chiqqan Toshkent shahar Mirobod tuman hokimi joriy yilning 3 may kuni qo‘pol xatoliklarga to‘la javob xatiga imzo qo‘ygan, deb yozadi Qalampir.uz.

Xatni o‘qib chiqishga eringanmi yoki vaqti bo‘lmaganidanmi, hokim Sh.A.Po‘latov “Uzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkvt Mirziyoyev Miromonovich” so‘zlari yozilgan xatni imzolagan.

Ushbu xatning skrinshoti bir zumda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kimdir hokimni mas’uliyatsizlikda va xat ijrochisini savodsizlikda ayblagan bo‘lsa, boshqasi shunchaki hujjatlar bilan ishlashdagi loqaydlikni ta’kidlagan.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, rasmiy hujjat avvalo hokimga kirguniga qadar bir necha bor o‘qilishi, qolaversa, rahbar ham bir qur ko‘zdan kechirib, nimani imzolayotganini bilish maqsadida, keyin imzo chekkani durust.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhokamadagi mavzu: Mirobod tuman hokimi Prezidentning nomi xato yozilgan xatni imzoladi