Mahallalarga o‘rtacha 5,5 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish va “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlat rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 mlrd so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 mlrd so‘mdan mablag‘ berilganini aytdi.
Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushumlar bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgan. Buning natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha oshgan. Tumanlarda o‘rtacha 22 mlrd so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qolgan, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150–200 mln so‘m tushgan.
Prezidentning ta’kidlashicha, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, “yettilik”ning har bir vakilida ham resurs va vakolat bor. Davlat rahbari yetishmayotgan jihat sifatida mas’uliyat va tashabbuskorlikni ko‘rsatdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat, mas’uliyat va tashabbuskorlik”, dedi Prezident.































Izohlar 0
…