10 yillik kutuvdan so‘ng 3 egizak dunyoga keldi

10 yillik kutuvdan so‘ng 3 egizak dunyoga keldi

Qashqadaryo viloyatida yana bir quvonchli voqea qayd etildi. Qarshi shahar tug‘ruq kompleksida Mirishkor tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol 10 yillik farzand kutish orzusiga erishib, bir yo‘la uch nafar o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

Ma’lum qilinishicha, ona uzoq yillik kutuvdan so‘ng tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘lgan. Homiladorlikning 36-haftasida arterial qon bosimi ko‘tarilgani sababli shifokorlar ona va chaqaloqlar salomatligini inobatga olib, rejalashtirilgan kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazgan.

Natijada oilada uch nafar sog‘lom o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqlarga Hasan, Husan va Yusuf deb ism qo‘yildi. Ularning vazni mos ravishda 2 400 gramm, 2 450 gramm va 2 560 grammni tashkil etdi.

Hozirda ona va chaqaloqlarning salomatligi qoniqarli ekani aytilmoqda. Ular malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib, zarur tibbiy parvarish bilan ta’minlanmoqda.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimi jamoasi baxtiyor oilani ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etib, chaqaloqlarga sog‘lom va baxtli umr tiladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar