iPhone'ni qaytarish 1000 dollarga tushdi: Navoiyda tergovchi ushlandi

iPhone'ni qaytarish 1000 dollarga tushdi: Navoiyda tergovchi ushlandi

Navoiy viloyatida IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisining noqonuniy harakatlari fosh etilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyul kuni 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroning telefonida taqiqlangan diniy materiallar bo‘lishi ehtimoli bilan iPhone 17 Pro Max rusumli telefoni olib qo‘yilgan.

Tergovchi ushbu telefonni qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali 1000 AQSH dollari olgan vaqtda ushlangani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar