
Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda ishonchli manbalarimiz xabar berdi.
Tashrif davomida viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar va MTMlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlari, Guliston shahrining yo‘llarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xitoyga uyushtirilgan 5 kunlik safar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Shayxontohur tumaniga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrif Sirdaryodan keyinga qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar