Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Chelyabinsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro T.Solieva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) bojxona xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki kiyimida bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 500 AQSh dollari va 650 Rossiya rubli yashirgani ma’lum bo‘ldi.
Yana bir holatda, “Toshkent-Sverdlovsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro Z.Mirzaeva ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda 1214 AQSh dollarini olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi, deya xabar berdi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlar Zangiota tuman sudining qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 22722-moddasi bilan aybdor deb topilib, mazkur kodeksning 21-moddasini qo‘llab ogohlantirildi. Aniqlangan chet el valyutalari esa davlat egaliliga o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi