Andijonda uyini qimorxonaga aylantirgan erkak qo‘lga olindi (video)

Andijonda uyini qimorxonaga aylantirgan erkak qo‘lga olindi (video)

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashash xonadonida noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etib kelgan erkak ichki ishlar organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xonadon muntazam ravishda qimor o‘yinlari o‘tkaziladigan joyga aylantirilgani aniqlangan. Hodisa joyidan 3 million 297 ming so‘m naqd pul hamda qimor o‘yinlarida foydalanilgan o‘yin kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar